Agar sizga avtomobilning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa u holda Lacetti aynan siz uchun. To‘g‘ri mutanosiblik, silliq forma, bo‘rttirib ishlangan chiziqlar bir-biriga hamohang tarzda savlatli interyer va eksteryerga ega avtomobil. Lacetti zamonaviy va shinam saloniga besh nafar insonni juda qulay joylashtira oladi. Uskunalar paneli haddidan oshmaydigan xilma-xil uslublari ajralib turadi. Xrom bilan ishlov berilgan qismlar va qurilmalar mukammal joylashtirilgan. Avtomobilning yurish qismi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan hamda mukammal darajaga yetkazilgan.Lacetti kuzovining zamonaviy dizayni Italiyaning mashhur Pininfarina avtomobil atelyesi mehnatining mahsulidir. Bodomsimon oldchiroqlar va uzun ohista chiziqlar kishini o‘ziga tortadigan shaklni hosil qiladi. Kelishgan dizaynga ega 4 eshikli Lacetti avtomobili keng saloni bilan birga bu shunchaki oddiy oilaviy sedan emas.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi italiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan shuning uchun u yetarlicha jozibali ko‘rinadi. Mazkur modelning eng asosiy ahamiyati bir tekisda oxiriga yetkazilgan chiziqlar tufayli asliga qaraganda biroz kattaroq va salobatliroq ko‘rinishidir. Bunda biroz yuqori sinfdagi avtomobillarning o‘ziga xos tashqi bezaklari dinamik jo‘shqinlik va ulug‘vorlikni kasb etadi.Avtomobil tashqi ko‘rinishidagi barcha qismlar 15 dyuymli disklardan boshlab, orqani ko‘rsatuvchi o‘ziga xos yon oynalargacha italyancha nafislik va yuqori sifati bilan alohida ajralib turadi.Yangi J200 platformasi tufayli Chevrolet Lacettining har qanday jamlamdagisi inson o‘zini qulay his qiladigan darajada keng qilib ishlangan. Misol uchun: sedanlar orasida ushbu avtomobil eng keng (1,725), xetchbeklar orasida esa eng uzun (4,295m) avtomobil hisoblanadi.

Chevrolet Lacettining interyeri oddiyligi va ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Sifatli bezak materiallaridan foydalanishda yagona rang gammasiga e’tibor qaratilganligi shinamlikni ta’minlaydi va salondagi bo‘shliqni kengaytiradi. Barcha zaruriy boshqaruv qurilmalarini o‘zida jamlagan uskunalar paneli, charm qoplangan qulay rul chambaragi, yoritilgan bardachok (g‘aladon), iqlim nazorat tizimi, spidometr bularning barchasi avtomobil jamlamidagi eng kichik qism bo‘lsa-da o‘ziga, xos uslubda ishlangan.Qulay yurishi uchun avtomobil alohida tirsakqo‘ygichlar, bo‘lmachalar, stakan qo‘yish, hatto axlat uchun alohida joylar bilan jihozlangan. Tevarak-atrofning juda yaxshi ko‘rinishi xavfsiz harakatlanishingizni ta’minlasa, dvigatelning ortiqcha shovqinsiz ohista ishlashi va shovqindan himoya qiluvchi ajoyib qatlam sizga alohida qulaylik yaratadi.

OPSIYALARI
Opsiyalar LACETTI SX LACETTI SX/AT LACETTI CDX/AT LACETTI SX CNG
Кондиционер + + + +
Анти блокировочная тормозная система + + + +
Аудиосистема + + + +
Крепление детских сидений + + + +
Натяжители ремней безопасности задних сидений + + + +
Стальной диск 6×15 + + +
Литой диск 6×15 +
Газобаллонное оборудование +
Автоматическая трансмиссия + +
Подушка безопасности со стороны водителя +
Люк электрический +
Дистанционное управление аудио системы руля +
Дополнительные громкоговорители +
Наружные зеркала заднего вида с функцией обогрева и электрического складывания +