Chevrolet Malibu — bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan yangi yetakchi sedan. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega.

Bundan tashqari, boshqaruv mexanizmining yuksak darajada ishlanganligi ohista harakatlanishni ta’minlaydi.

Chevrolet Malibuning saloni o‘z sinfidagi avtomobillar orasida eng keng va juda qulay ishlangan. Kuzovning kengligi tufayli Malibu yo‘lovchilar va yuk uchun juda katta bo‘shliqni taqdim etadi.  Avtomobil tuzilishida maxsus shovqin yutuvchi materiallardan foydalanilgan: old osmalar McPherson va ko‘pdastakli mustaqil ort osmalar, dvigatel esa maxsus izolyatsiya qilingan bo‘lmada joylashgani bois salonga ortiqcha shovqin, umuman kirmaydi.

Yangi Malibu avtomobili dunyo miqyosida yuqori darajaga ko‘tariladi. Ushbu sedan dunyoning 6 mintaqasidagi, deyarli 100 dan ortiq davlatda sotiladi. Avtomobilga yangi tejamkor 4 silindrli, hajmi 2,4 l. bo‘lgan 169 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan birga o‘rnatilgani bois, avtomobil yuqori dinamik xususiyatga ega.

Eksterer

 

Yangi Malibuning aerodinamik dizayni nafaqat jozibali ko‘rinadi, balki harakatlanish paytida shovqin va silkinishlarning minimum darajaga tushirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yonilg‘i tejamkorligini ham oshirishga hissa qo‘shadi. Chevrolet Malibuni loyihalashtirishda uning kuzovidagi har bir shiddatkor chiziq va bukilishlar bir vaqtning o‘zida dizaynning ulug‘vor va go‘zalligini ta’minlash bilan birga, avtomobilning dinamik ko‘rsatkichini oshirishga ham xizmat qilishi alohida e’tiborga olingan.    Ushbu mujassamlikni avtomobilning kupeni eslatuvchi tashqi ko‘rinishi va har bir qismida uchratish mumkin.

Endi sizga sumka yoki portfelingizdan avtomobil kalitini qidirishga ortiqcha vaqt sarflash uchun hojat yo‘q. Avtomobil eshigini masofadan turib ochishingiz va uskunalar panelidagi birgina tugmachani bosish bilan dvigatelni o‘t oldirishingiz mumkin. Bunday imkoniyat faqat LTZ jamlamdagi avtomobil uchun. Malibuning mustahkam ishlangan kuzovi avtomobil boshqariluvchanligini oshiribgina qolmay, balki haydovchi va yo‘lovchilarni ham ishonchli himoya qiladi.

Avtomobilning ichki ko’rinishi

Chevrolet dizaynerlari Malibu salonida qulaylik va jo‘shqinlikning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan noyob muhitni yaratishgan. Bezaklar uchun yuqori sifatli materillarning ishlatilganligi  interyerning tabiiyligini oshirgan. Bundan tashqari, avtomobil bir qancha foydali funksiyalar bilan  boyitilgan. Misol uchun, ovozli boshqarish imkoniyatiga ega audiotizim rul chambaragiga haydovchi uchun juda qulay qilib joylashtirilgan. Narsalarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli bo‘lmachalar orasida suriluvchi 7 dyuymli sensorli displeyning orqasida maxsus tirqish mavjudligini alohida ta’kidlash kerak. Bu smartfon yoki iPodingiz uchun eng qulay joydir.

Katta va qulay o‘rindiqlar, keng salon narsalarni qo‘yish uchun ko‘plab bo‘lmachalar — bularning barchasi sizda qoniqish hissini paydo qiladi. Avtomobil tuzilishida foydalanilgan shovqin yutuvchi materiallar, mustaqil osmalar, dvigatel uchun izolyatsiyalangan alohida joy Malibu salonining osoyishta va shinam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Aksariyat insonlar avtomobilda ko‘p vaqtini o‘tkazishadi. Shuning uchun o‘rindiqlar dizayni va ularning tuzilishi bunday insonlar uchun  g‘oyatda muhim.

Malibu o‘rindiqlari quyidagi xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Uzoq safarlarda qulaylikni ta’minlash uchun anatomik yon himoyasi.

O‘rindiqni elektron sozlash imkoniyati tufayli siz rul boshqarish uchun o‘zingizga qulay holatda joylashishingiz mumkin.

Har safar o‘zingizga qulay holatga sozlashga vaqt sarflamasligingiz uchun haydovchi o‘rindig‘ida xotira funksiyasi mavjud.

Malibu haqiqatdan ham o‘zgacha tassurot qoldiruvchi xavfsizlik darajasiga ega. Oltita xavfsizlik yostiqchalari, tortish kuchini  nazorat qilish va dinamik mo‘’tadillashtirish tizimi kabi bir qfancha  funksiyalar uning xavfsizlik darajasini yangi bosqichga olib chiqqan:

Faol boshqo‘ygichlar (bo‘yin va orqa miya jarohatlanmasligining oldini olish uchun)

Yelkaning pastki qismini himoya qilish uchun ajoyib  suyanchiq

Jarohat yetkazmaydigan tepki qismlari

Shinalardagi havo bosimini nazorat qilish tizimi.

OPSIYALARI
Opsiyalar MALIBU LT/АТ
Шины 225/55R17 +
Литой диск 17 x 7.5 +
Запасное колесо T125/80R16 +
Климат контроль +
Настройка пассажирского сидения, 4 настроек +
Настройка водительского сидения, 8 настроек +
Подогрев передних сидений +
Ксеноновые фары +
Светодиодные дневные ходовые огни +
Система автоматической регулировки передних фар +
Задние противотуманные фонари +
Радио-развлекательная система высокого уровня +
Автоматическая трансмиссия, 6 SPD +
Автоматическая система круиз контроля +
Рулевое колесо с обогревом +
Система автоматического контроля передними фарами — датчик обнаружения туннелей +
Кнопка зажигания двигателя +
Разъем для USB порта +
Датчик парковки передний и задний +
Система контроля шума +