Chevrolet Spark — avtomobili turli davlatlardagi yetakchi dizaynerlarning ijodiy ishlanmalari hosilasidir. Yangi Spark ikki qavatli radiator panjarasi, ko‘zga yaqqol tashlanadigan tashqi ko‘rinishi bilan qayerda bo‘lmasin darhol kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Bundan tashqari, o‘zining ixcham o‘lchamlari va boshqariluvchanligi tufayli Spark shahar ko‘chalaridagi har qanday serqatnov transport oqimiga bemalol qo‘shilib ketishga qodir.

Spark saloni kengligi jihatidan unga 170 l. hajmdagi yukni bemalol joylashtirish mumkin. O‘rindiqlar 60:40 o‘lchamga mutanosib ravishda yig‘ilganda salondagi bo‘shliq 568 l. xajmgacha kengayadi. Spark tashqi ko‘rinishidan juda ixcham bo‘lishiga qaramasdan, uning keng saloniga besh kishi hech bir qiyinchiliksiz joylashishi mumkin.

Aksariyat avtomobillar o‘ziga xos zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lsa, boshqalari sport musobaqalarida juda ildam harakatlanadigan bo‘ladi. Chevrolet Sparkda esa har ikkalasi ham mujassam. Shaharda ushbu ixcham va boshqariluvchan avtomobil, shosseda esa haydovchining har bir harakatiga o‘ta sezgirlik bilan reaksiyaga kirishadi. Eng asosiysi, qayerda bo‘lmasin uni boshqarish sizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Gapning Indallosi Chevrolet Spark-bu avtomobil dunyosidagi yangi nomdir.

Avtomobilning mototsikllarnikiga o‘xshash uskunalar panelini siz hatto kutmagansiz. Bundan tashqari, uskunalar paneli shunday joylashganki, uni bir qarashda nigohingiz bilan zabt etishingiz mumkin. Shuning uchun, uskunalar paneli juda oddiy hamda foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Yangi Spark avtomobilining analog ko‘rinishidagi spidometri gabarit chiroqlar yoqilganda ko‘k rangdagi yorug‘lik fonida aks etuvchi raqamli taxometr bilan to‘ldirilgan. Markaziy paneldagi MP3 va AUX-in funksiyalari hamda USB — o‘qish qurilmasini o‘zida mujassamlashtirgan audiotizim har qanday ko‘chma audioqurilmalarni ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, markaziy panelda qo‘l telefoni, pult va shunga o‘xshash mayda buyum, jihozlarni qo‘yish uchun alohida bo‘lmacha mavjud. Uzatmalar qutisi dastagining old tarafida esa bir emas ikkita stakanni qo‘yish uchun maxsus joy ajratilgan.

Spark haqiqatdan ham kuzovining tajovuzkor siniq chiziqlari, ikki bo‘lakli radiator panjarasi hamda orqa eshiklarning yashirin tutqichlari bilan yo‘lda alohida ajralib turadi. Chevrolet Sparkning yanada jozibaliroq ko‘rsatadigan turli yorqin ranglardagi kuzovini kuzatar ekansiz, ko‘zga yarq etib tashlanadigan dizaynerlik ishlanmalari uning foydasiga ishlashiga amin bo‘lasiz. Shuning uchun biz biroz balandroqda joylashgani bois, nafaqat ko‘zga chiroyli tashlanadigan, balki ko‘rish cheklangan sharoitlarda xavfsizlikni ta’minlashga qodir orqa chiroqlar, biroz baland qilib ishlangani bois aerodinamik xususiyatni oshirib, yonilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qiluvchi g‘ildirak arkalari kabi dizayn ishlanmalarimiz bilan faxrlanamiz.

Spark saloni mukammal hisob-kitoblar bois, bunday kichik gabaritli avtomobillar uchun ancha keng ekanini ko‘rib hayratlanishingiz turgan gap. Haydovchi qurilmalar juda qulay va ichki his hamda sezgilardan kelib chiqib joylashtirilganligini yuksak baholaydi. Tejamkor Spark kamlitrajiga besh kishi juda qulay joylashishi mumkinligi do‘stlar va oila davrasida sayru- sayohat qiluvchilar uchun eng to‘g‘ri tanlov ekanini ko‘rsatatdi.

Chevrolet Sparkda kundalik buyumlar jumladan: qo‘l telefonlari, MP3-pleyerlari, sumka va boshqa jihozlarni qo‘yish uchun joy yetarlicha. Yaratilgan imkoniyatlar uchun bir qancha misol:

— Markaziy konsolda mayda narsalar uchun ajratilgan alohida bo‘lmacha;

— Ikkita stakanni qo‘yish uchun joy;

— Salon rangiga mos rangda old o‘rindiqlar yonidagi keng sig‘imga ega quti.

Mabodo siz Chevrolet Spark kamlitrajli tejamkor avtomobilni xarid qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uning afzalliklaridan biri — yukxona qismida 4 katta bo‘shliqning mavjudligi mazkur avtomobilga bo‘lgan qiziqishingizni yanada oshirishi turgan gap. Orqa o‘rindiqlar ish holatida turgan paytda ushbu bo‘shliqning hajmi 170 litrni tashkil etadi. Agar orqa o‘rindiqlarni yig‘ib qo‘yadigan bo‘lsangiz, ushbu ko‘rsatkich 568 ni tashkil etadi.

OPSIYALARI
Opsiyalar SPARK LS SPARK LS/АТ SPARK LT/АТ
Кондиционер + + +
Нижняя защита двигателя + + +
Электрическое рулевое управление + + +
Рулевая колонка регулируемая по высоте + + +
Тормозная система с ABS (пер. диск., зад. барабан.) + + +
Электрический обогреватель заднего стекла + + +
Складывающиеся задние сиденья + + +
Подушка безопасности водителя и переднего пассажира (2 подушки) + + +
Кнопка блокировки дверей + + +
Боковые зеркала под цвет кузова + + +
Электрическая регулировка боковых зеркал с обогревом + + +
Затемненное лобовое стекло с солнцезащитной полосой + + +
Панель приборов серебристого цвета + + +
Аудиосистема с MP3, Радио + + +
Дополнительный USB порт + + +
Колонки 4шт. + + +
Стальное колесо R14 + +
Литые алюминиевые диски R14 +
Центральная часть инструментальной панели окрашенная под металлик (VXQ) + +
Центральная часть инструментальной панели окрашенная лакированно черным цветом (VXR) +
Передние электрические стеклоподъемники + +
Передние и задние электрические стеклоподъемники +
Трансмиссия механическая 5 ступенчатая + +
Трансмиссия автоматическая 4-х ступенчатая +
Рейлинги на крыше +